Platformadan foydalanish yoki obuna uchun to'lov qilish quyidagi shartlarga rozilik bildirish hisoblanadi.
testbaza.uz — turli fanlar bo'yicha onlayn test ishlash platformasi. Foydalanuvchi testlarni ishlaydi, natijasini va yechim izohlarini ko'radi, reytingda qatnashadi. Xizmat Telegram bot, Mini App va testbaza.uz sayti orqali ko'rsatiladi.
Obuna to'lov tasdiqlangach faollashadi. Xizmat raqamli va darhol taqdim etilgani uchun to'langan pul qaytarilmaydi.
Istisno: platforma bizning aybimiz bilan 3 kundan ortiq ishlamay qolsa, obuna muddati uzaytiriladi.
Savollar, yechimlar, dizayn va dasturiy qism mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Ularni nusxalash, tarqatish, sotish ta'qiqlanadi. Materiallardan faqat shaxsiy o'quv maqsadida foydalanish mumkin.
Akkaunt shaxsiy. Uni boshqalarga berish, sotish yoki birgalikda ishlatish mumkin emas.
4 yoki 5-band buzilsa, kontentni ommaviy nusxalashga urinish aniqlansa yoki platformaga zarar yetkazilsa, akkaunt cheklanadi. Bunda to'langan pul qaytarilmaydi.
Biz ism, telefon raqami, Telegram ID va test natijalarini saqlaymiz. Ular faqat xizmat ko'rsatish uchun ishlatiladi va boshqalarga berilmaydi. Ma'lumotlaringizni o'chirishni so'rashingiz mumkin — bunda akkaunt va natijalar o'chiriladi.
Biz o'quv materiali beramiz, bilimlarni sinash imkoniyatini yaratamiz. Imtihonlardagi shaxsiy natijalar uchun foydalanuvchilar ma'sul. Savollarda kamchiliklar uchrashi mumkin — ular haqida xabar berish tizimi yo'lga qo'yilgan. Platforma texnik ish yoki Telegram/internet muammolari sababli vaqtincha ishlamasligi mumkin.
Shartlar o'zgarishi mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinganidan kuchga kiradi, muhim o'zgarishlar haqida bot orqali xabar beramiz.
Savollar uchun: @testbaza_admin