๐ Platforma nima beradi
Fan va mavzu bo'yicha test ishlaysiz, har savolning yechimini ko'rasiz,
natijalaringiz saqlanib boradi va fanlar bo'yicha reytingda o'z o'rningizni
kuzatasiz.
Platformaga Telegram bot orqali kirasiz. Brauzerdan ham kirish mumkin โ
telefon raqamingiz va botga keladigan kod bilan.
๐ฅ Rollar
๐ O'quvchi
- Test ishlaydi, yechimlarni ko'radi
- Natijalari va statistikasi saqlanadi
- Fanlar bo'yicha reytingda qatnashadi
- O'qituvchi bergan PIN kod orqali Live testga kiradi
๐จโ๐ซ O'qituvchi
- O'z fanlari, mavzulari va savollarini yaratadi
- Test tuzadi va o'quvchilariga beradi
- PIN kodli test xonalari ochadi
- O'quvchilar natijalarini va savollar tahlilini ko'radi
- Alohida panelga ega: admin.testbaza.uz
๐ Bepul imkoniyatlar
- Har kuni 1 ta bepul test โ barcha fanlar uchun umumiy,
javoblari va yechimlari bilan
- 3 ta Pro test โ ro'yxatdan o'tganda sovg'a qilinadi,
muddati yo'q, xohlagan paytingizda ishlatasiz
- Live test โ o'qituvchi bergan PIN kod orqali ishlanadigan
testlar kunlik limitga kirmaydi
๐ Do'stlarni taklif qilish
Profil bo'limidagi havolangizni do'stlaringizga yuboring.
Har 3 ta do'st ro'yxatdan o'tganda +1 ta Pro test
qo'shiladi.
โญ Pro obuna
49 000 so'm / oy
Obuna bilan ochiladigan imkoniyatlar:
- Butun savollar bazasi โ barcha manbalar va fanlar
- Kunlik test soni cheklanmaydi
- Barcha testlarning yechimlari doim ochiq
- Kuniga 200 tagacha savol
Qanday to'lanadi
Telegram botda Obuna bo'limini oching โ u yerda karta raqami
ko'rsatiladi. To'lov qilgach chek rasmini botga yuboring. Ariza ko'rib chiqilgach
obunangiz faollashadi va botga xabar keladi.
Obuna muddati tugagach hisobingiz va natijalaringiz saqlanib qoladi โ
faqat bepul darajaga qaytasiz.
๐ฏ Live test
O'qituvchi test xonasi ochadi va 6 xonali PIN kod beradi.
PIN kodni kiritib testni ishlaysiz โ natijangiz o'qituvchingizga yetib boradi.
PIN kodni qayerga kiritiladi
- Telegram ilovasida โ Live test bo'limiga kirib
- Brauzerda โ testbaza.uz/live sahifasida
Har bir testni bir marta ishlash mumkin. Test boshlangach vaqt hisoblanadi โ
ilovani yopib qaytsangiz ham vaqt davom etaveradi.
๐จโ๐ซ O'qituvchi bo'lish
Profil bo'limidagi "O'qituvchi rolini olish" tugmasini bosing
va ma'lumotlaringizni to'ldiring. Ariza bir kun ichida ko'rib chiqiladi.
Tasdiqlangach botga panelga kirish uchun login va parol yuboriladi.
Bu xabarni saqlab qo'ying โ login va parol faqat shu yerda bo'ladi.
โ Savol-javob
Savolda xato topsam nima qilay?
Natija sahifasida har savol yonida xato haqida xabar berish tugmasi bor.
Xabaringiz ko'rib chiqiladi va savol tuzatiladi.
Test o'rtasida ilova yopilib qoldi
Tashvishlanmang โ testni qaytadan ochsangiz o'sha joydan davom etasiz.
Faqat vaqt to'xtamaydi.
Nega yechim ko'rinmayapti?
Bepul testlarning yechimi doim ochiq. Pro kredit bilan ishlangan testlarda
oxirgi 3 ta test yechimi ochiq qoladi. Obuna bilan barchasi ochiladi.
Bir kunda nechta test ishlay olaman?
Bepul darajada kuniga 1 ta bepul test va sovg'a Pro kreditlaringiz.
Obuna bilan chek yo'q.
Live testdagi natijam reytingga ta'sir qiladimi?
Yo'q. Live test natijalari faqat o'qituvchingizning hisobotida ko'rinadi.